18:13 / 22.07.2015
6700

O‘zbek olimlari dudlangan baliq kolbasasi ishlab chiqarish usulini taklif etishdi

O‘zbekistonlik olimlar dudlangan baliq kolbasasi ishlab chiqarish usulini taklif etishdi. Ushbu taklif oziq-ovqat sanoati, aynan, kolbasa mahsulotlarini, xususan, baliq kolbasasini ishlab chiqarish usuli uchun mo‘ljallangan.

Uning vazifasi baliq filesidan ozuqalik va biologik qiymatlari hamda organoleptik xususiyatlari oshirilgan kolbasa mahsulotini tayyorlash usulini ishlab chiqishdan iborat.

Mualliflar - Boymatov Habibjon Husanbayevich va Qurbonov Shaymardan mazkur taklifga patent olish uchun № IAP 2015 0033 raqamli talabnoma topshirishgan.

Top