18:17 / 22.07.2015
20952

O‘zbekiston Xalq bankining nomi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki nomiga o‘zgartirildi. Xalq banki aksiyadorlarining yillik yig‘ilishida shunday qarorga kelingan.

Bank axborot xizmatining xabar berishicha, bank nizomidagi tegishli o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015 yil 20 iyul kuni 25-raqam ostida ro‘yxatga olingan.

Nomdagi o‘zgarishlar bank tomonidan tuzilgan shartnomalar hamda ularda aks ettirilgan huquq va majburiyatlariga ta'sir qilmaydi. Bankning bosh ofisi hamda filiallarining yuridik manzillari, ularning rekvizitlari (nomidan tashqari), elektron manzillari va aloqa telefonlari o‘zgarishsiz qoladi.

 

Top