10:50 / 22.07.2015
2205

Pokiston politsiyaga yuz millionlab mablag‘ yo‘naltirmoqda

Pokistonning Xaybar-Pahtunxva viloyati hukumat dasturiga 2015 yili politsiyaga ko‘mak berishga qaratilgan uchta yirik loyiha kiritildi. 2015-2016 moliyaviy yili 1 iyuldan boshlandi.
Viloyat hukumati politsiya byudjyetini oshirib, shu bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda viloyat bosh vazir Parvez Xattok ma'lumot berdi.
Politsiyaning loyihalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh direktori Karim Xon birinchi marta politsiyaning terrorchilikka qarshi kurashi uchun yuz millionlab rupiya ajratilganini ma'lum qildi.
Bombalarni zararsizlantirish otryadiga 275 mln rupiya (2.7 mln dollar), Peshovarga kirishda bomba aniqlovchi ikki uskunani o‘rnatishga 263 mln rupiya (2.6 mln dollar), Peshovardagi Bacha Xon nomli xalqaro aeroporti himoyasi uchun 8ta qorovul minorasining qurilishiga esa 160 mln rupiya (1.6 mln dollar) ajratildi.

Top