11:22 / 22.07.2015
3238

Qoraqalpog‘istonda psixotrop dori vositalarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2015 yilning o‘tgan yarmi davomida 20 ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlanib, 800 dona tabletka va 7 ta ampula ko‘rinishidagi turli psixotrop dori vositalarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Telegraf.uz nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasidan kirib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida fuqaroning yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, 7 dona  “Fenazepam” hamda 25 dona “Klonazepam” nomli psixotrop tabletkalarni hech qanday hujjatlarsiz olib kirishga uringani fosh etildi.

Mazkur poyezdining yana bir yo‘lovchisi esa 20 dona “Fenazepam” psixotrop dori vositalarini yashirin ravishda olib kirishga urindi. “Dovut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Qozog‘istondan piyoda kirib kelgan fuqaroning qing‘ir qilmishlariga nuqta qo‘yildi. Bu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmagan holda 59 dona “Fenazepam” psixotrop tabletkalarini hech qanday hujjatlarsiz olib kirishni ko‘zlagan edi.

Top