07:34 / 22.07.2015
1855

"Roma" "Arsenal"dan Shchensnini ijaraga oldi

"Arsenal" jamoasining polshalik darvozaboni Voychex Shchensni faoliyatini Rimda davom ettiradigan bo‘ldi.

"Roma" jamoasi uni "Arsenal"dan keyinchalik 5 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 500 ming yevro evaziga ijaraga olgan. Yaqin vaqt ichida ushbu 25 yoshli darvozabonning transferi haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, polshalik ushbu darvozabon londonliklar safida 5 yildan buyon harakat qilib keladi. 4 mavsum davomida asosiy darvozabon bo‘lgan Voychex joriy yilning qishida o‘z o‘rnini David Ospinaga berib qo‘ygandi. Qolaversa, yangi mavsum uchun "Arsenal" Piter Chexni xarid qildi.

O‘z navbatida "Roma" jamoasining asosiy darvozaboni Morgan de Sanktis yana bir mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan.

Top