15:55 / 22.07.2015
15272

Rossiya hukumati O‘zbekistonning 865 mln dollar qarzidan voz kechish haqidagi qarorni ma'qulladi

Rossiya Federatsiyasi hukumati Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy talablar va majburiyatlarni nazorat ostiga olish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumasi muhokamasiga kiritishni ma'qulladi.
O‘tgan yil dekabrida Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro moliyaviy va majburiyatlarni nazorat ostiga olish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Unga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning 865 mln dollar qarzidan voz kechadi.
Ratifikatsiya masalasini ko‘rib chiqishda hukumatning rasmiy vakili etib Sergey Storchak belgilandi.

Top