01:37 / 22.07.2015
2635

Sankt-Peterburgdan yarim yil ichida 990 nafar noqonuniy muxojir chiqarib yuborilgan

Rossiyaning shimoliy poytaxti – Sankt-Peterburgdan joriy yilning yarim yil ichida 990 nafar noqonuniy muxojir chiqarib yuborilgan. Bu haqda Sankt-Peterburg bo‘yicha sud pristavlari federal xizmati boshqarmasi saytida ma'lum qiindi.

Boshqarmada ma'lum qilinishicha, sud pristavlari har kuni “Pulkovo” aeroportining chegara nazoratigacha Rossiya hududida bo‘lish qonunlarini buzgan muxojirlarni kuzatib qo‘ymoqdalar. Rossiyadan chiqarib yuborilayotganlar sud tomonidan ma'muriy javobgarlikka tortilmoqdalar.

2015 yilning 6 oyida Vaqtinchalik saqlash markazida 1050 kishi bo‘lgan. “Hanuzgacha migratsiya tartibini buzayotganlarning aksariyat qismini O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari tashkil qilmoqda”, deb aytilmoqda xabarda.

Top