20:13 / 22.07.2015
3300

Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilar savollariga “VKontakte”dagi sahifasida javob beradi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarning tasodifiy ravishda tanlab olingan savollariga o‘zining “VKontakte”dagi sahifasida javob beradi.

Ayni paytda foydalanuvchilar 9 mingdan ko‘proq izohlar qoldirishgan, ular orasida savollardan tashqari turli reklama yozuvlari, hajviy suratlar, Durovning xatti-harakatlarining muhokamasi hamda “VKontakte” va Telegram’dagi ishni yaxshilash bo‘yicha takliflar mavjud.

Durovning o‘zi ba'zi yozuvlarga kinoyali izoh beradi va haqoratomuz yozuvlarni o‘chirib tashlashini ma'lum qildi.

Top