15:37 / 22.07.2015
8068

Toshkent metropoliteni vagonlarining dizayni yana o‘zgartirildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhida o‘ziga xos dizaynga ega metro poyezdi vagonining surati joylashtirildi.
Fotosurat muallifining ma'lum qilishicha, bunday sostavlar Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘lida paydo bo‘lishi mumkin. Ammo bu axborot hozircha metro ma'muriyati tomonidan tasdiqlanmadi.
Iyun oyida Chilonzor yo‘liga mo‘ljallangani aytilgan yangilangan sostav rasmi internetga joylashtirilgan edi.

Top