21:48 / 22.07.2015
1919

Ukrainaning “Ukrnafta” kompaniyasi boshqaruv raisi sifatida Buyuk Britaniya fuqarosi nomzodi ma'qullandi

Ukrainaning “Ukrnafta” kompaniyasi aksionerlari kompaniyaning boshqaruv raisi lavozimiga Buyuk Britaniya fuqarosi Mark Rollinzning nomzodini ma'qulladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Rollinz 1989 yilda Oksford universiteti texnika fanlari doktori ilmiy darajasi va 1985 yilda Kembrij universitetining matematika sohasi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Uning nomzodi 22 iyul kuni aksionerlar yig‘ilishida tasdiqlanishi kerak. Avval Rollinz BG Kazakhstan kompaniyasini boshqargan.

Avvalroq Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati sobiq gubernatori, “Ukrnafta”ning minoritar aksioneri hisoblanuvchi tadbirkor Igor Kolomoyskiy kompaniyaning boshqaruv raisi lavozimiga britaniyalikning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini va'da qilgan edi.

Top