08:08 / 23.07.2015
2498

“Soyuz” tashuvchi raketasi Xalqaro fazo stansiyasiga uchirildi

“Soyuz” tashuvchi raketasi “Soyuz TMA-17M” kemasini Xalqaro fazo stansiyasiga olib chiqdi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, kema bortida stansiyaning yangi ekipaji uchgan.

Bu “Progress”ning apreldagi halokatidan so‘ng birinchi marta raketa uchirilishi bo‘ldi.

Stantsiyaga Oleg Kononenko (Roskosmos, kema komandiri), Kimiya Yui (JAXA, bort muhandisi-1) va Chell Lindgren (NASA, bort muhandisi-2) uchishdi.

Top