13:03 / 23.07.2015
3691

Argentina sudi Jastin Biberni xibsga olish uchun berilgan orderni bekor qildi

Argentina sudi kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biberni hibsga olish uchun bergan orderini bekor qildi. Biroq qo‘shiqchiga nisbatan qo‘yilgan ayblov o‘z kuchini saqlab qolgan.

Yaqin orada Argentina sudi Biberning Argentinaga kelib, guvohlik berishi kerak bo‘lgan kunni belgilaydi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 10 aprelida argentinalik sudya Alberto Xulio Banos Jastin Biberni 2013 yilda mahalliy suratkashni kaltaklashda ayblab, hibsga olish uchun order bergan edi. Qo‘shiqchi aybdor deb topiladigan bo‘lsa, unga 1 yil muddatgacha bo‘lgan qamoq jazosi tayinlanadi. 

Top