22:47 / 23.07.2015
6582

Bir quvvatlanishda 90 kun ishlaydigan telefon yaratildi

Kickstarter’da mablag‘ yig‘ilayotgan kichik telefon bir quvvatlanishda 90 kun ishlay oladi.

Janus One 1500 mA/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, quvvatni ko‘p ishlatadigan funksiyalardan cheklangan. Telefon kichik OLED-displey, Bluetooth 3.0 moduli, G-sensorga ega. U faqatgina GSM tarmog‘ida ishlaydi.

Telefonning hajmi 99x56,8 mm bo‘lib, qalinligi 5,5 mm.ni tashkil etadi.

Janus One 2015 yilning sentabr oyida sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda. 

Top