00:25 / 23.07.2015
3485

BMT: Iroqning uchdan bir qismi “IShID” jangarilari nazorati ostida qolmoqda

Iroqning uchdan bir qismi mamlakat xavfsizlik kuchlari, ko‘ngillilar va xalqaro koalitsiyaning qarshi kurashiga qaramasdan hali ham “IShID” terrorchilik guruhi nazorati ostida qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibining Iroq bo‘yicha maxsus vakili Yan Kubish ma'lum qildi.

“Mosul boy berilgandan bir yil o‘tib, Iroqning uchdan bir qismi IShID nazorati yoki boshqaruvi ostida qolmoqda”, deb aytdi Kubish BMT Xavfsizlik kengashining choraklik hisobotida.
Kubishning aytishicha, hisobot davri davomida Iroq xavfsizlik kuchlarining milliy qurolli kuchlar, sunniy ko‘ngillilar tuzilmalari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magidagi hujumkor operatsiyalari vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartira olmagan.

Kubishning aytishicha, oxirgi uch oy ichida jangovor harakatlar va teraktlar oqibatida Iroqda kamida 1200 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ziyodroq kishi jarohat olgan.

Top