09:21 / 23.07.2015
2849

Fergyuson shahriga afroamerikalik odam politsiya boshlig‘i sifatida tayinlandi

AQShning Fergyuson shahriga afroamerikalik Andryu Anderson politsiya boshlig‘i sifatida tayinlandi. Bu haqda Time nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu shaharda o‘tgan yilning avgustida qora tanli o‘smir Maykl Braun oq tanli politsiyachi Darren Uilson tomonidan otib o‘ldirilishi tufayli kuz oyiga kelib tartibsizliklar bo‘lib o‘tgandi. Ko‘p o‘tmay norozilik namoyishlari AQSh janubidagi bir qancha shaharlarga yoyilgan edi.

Andryu Anderson birinchi navbatda jamoatchilik va politsiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha ish olib borishini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Fergyuson shahrida muqaddam politsiya boshlig‘i sifatida ishlagan Tom Jyekson shu yilning mart oyida ishdan bo‘shatilgan, bunga Adliya departamenti tomonidan shaharda politsiya tomonidan irqchilik xarakteridagi harakatlar olib borilgani haqidaga ma'lumotlar chop etilgani sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng, bu lavozim uchun butun mamlakat bo‘ylab munosib nomzodni qidirish boshlangandi.

Top