16:52 / 23.07.2015
4368

Maksim Shatskix: Angliya klublaridan taklif bo‘lyapti

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Maksim Shatskix bundan bir muddat avval Ukrainaning Lvov viloyati chempionati ishtirokchisi “Rux” klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Futbolchining aytishicha, unga Angliya klublaridan qiziqish bo‘layotgan ekan.

“28 iyul kunidan “Rux” mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. “Astana”da omadsizlikka uchradim. “Arsenal”ni tugatishdi. “Goverla”dagi bir yarim yillik mashmashalar, ochig‘i, meni tinimsiz omadsizliklar ta'qib etyapti. Shu o‘rinda Angliya klublaridan taklif tushayotganini ham aytib o‘tishim lozim. Lekin hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Yangilik bo‘lishi bilan bu haqida xabar beraman”, - dedi Shatskix.

Top