19:13 / 23.07.2015
3136

Qarshidan Shahrisabzgacha bo‘lgan avtomobil yo‘li sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 iyulda imzolangan “Qarshi shahrining yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qurilishining istiqbolli rejasi Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan “Qarshi-Shahrisabz” yo‘nalishi bo‘yicha 127 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li to‘liq ta'mirlanib, sement-beton qoplamali yo‘lga aylantirilmoqda. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” DAK matbuot xizmati xabar bergan.

Xabar berilishicha, vohadagi ikki qadimiy shaharni bog‘lab turgan – 4R-79 avtomobil yo‘lining Qarshi shahridan chiquvchi 0-10 km.lari hamda ushbu yo‘nalishdagi - M-39 avtomobil yo‘lining Shahrisabz shahriga kiraverishdagi 1174-1185 km.lari oralig‘ida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlari “O‘zavtoyo‘l” DAK tizimidagi Avtomagistral birlashmasi ko‘prik qurilish uchastkasi hamda “Toshkentko‘prik” korxonalari tomonidan bajarilmoqda.

Ushbu avtomobil yo‘llarining bir tomonlama qismi, ya'ni ikki tasmasi sentabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilishi O‘zbekistonning janubiy hududlarida yashovchi aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi ta'kidlangan.

Top