22:20 / 23.07.2015
2445

Qoraqalpog‘istonda 2015 yilning birinchi yarmida 400 nafardan ortiq kishi ishga joylashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2014 yilda 49 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 841 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Nukus tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi mehnat yarmarkasida 35 korxona va tashkilot bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada yigirmaga yaqin fuqaroga o‘z kasbi bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma, yuzdan ziyod fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

– Nukus tibbiyot kollejini tugatib, uyda ishsiz o‘tirgan edim, – deydi Galina Arixova. – Yarmarkada o‘z kasbim bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasiga hamshiralik o‘rniga yo‘llanma olganimdan juda xursandman.

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida markaz tomonidan 481 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olinib, ularning 400 dan ziyodi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ana shunday mehnat bozorlari orqali ishga joylashtirildi.

Top