12:01 / 23.07.2015
3143

Rafael Benites: "Ronaldu bilan o‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q"

“Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites Krishtianu Ronaldu bilan munosabati yaxshi ekanini ma'lum qildi.

“Krishtianu bilan ishlab ko‘rgach, nima uchun u dunyoning eng yaxshi o‘yinchi ekani hamda uning qanchalik g‘alabaga chanqoqligini tushunib yetasan. Men barcha o‘z ishiga shunday munosabatda bo‘lishini xohlar edim.

U bilan o‘rtamizdagi munosabat boshqa futbolchilar bilan bo‘lgani kabi. Men futbolchilar bilan tez-tez gaplashib turaman. Sizlarni ishontirib aytamanki, Ronaldu bilan munosabatlarimiz oddiy, hech qanday tushunmovchilik yo‘q”.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu Rafael Benitisning mashg‘ulot o‘tkazish usulidan norozi ekanini bildirgan edi. 

Top