19:47 / 23.07.2015
5140

Uzbekistan Airways Domodedovodagi eng ma'suliyatli kompaniya deb topildi

Uzbekistan Airways kompaniyasi Moskvaning Domodedovo aeroportiga jadvalda ko‘rsatilgan vaqt bo‘yicha eng ko‘p qo‘nishlarni amalga oshirdi hamda 2015 yilning iyun oyidagi eng ma'suliyatli kompaniya deb topildi.

Aeroport matbuot-xizmati bergan xabarga ko‘ra, Uzbekistan Airways 138 marotaba belgilangan vaqtda qo‘nishni amalga oshirgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni 80 ta ko‘rsatkich bilan British Airways kompaniyasi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qatar Airways (59ta) hamda Japan Airlines (17ta) kompaniyalari ham g‘olib bo‘lganlar qatoridan joy oldi. 

Top