11:50 / 23.07.2015
2931

Xbox One sichqoncha bilan ta'minlandi

Xbox One o‘yin qurilmasi sichqoncha bilan ta'minlandi. Bu haqda rahbari Fil Spenser o‘z tvitterida ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, qurilmaga sichqoncha ulanishi tajribadan o‘tkazilgan.Foydalanuvchilar tez orada Xbox One uchun kompyuter aksessuarlarini ulash imkoniga ega bo‘lishadi. Bungacha, bu o‘yin qurilmasiga klaviatura ulash imkoni yaratilgandi.
Kelgusida Microsoft kompaniyasi Windows 10 platformasining barcha birliklari uchun yagona tizim joriy etishni rejalashtirgan.

Top