02:28 / 24.07.2015
4284

Apple Watch “aqlli” soatlar bozorining 75 foizini egallamoqda

Strategy Analytics kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasining smart-soatlari Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilarni chetga surib, qo‘lga taqib yuriluvchi qurilmalar bozorining 75,5 foizini egallab oldi. Bu haqda 9to5mac portali ma'lum qildi.

2014 yilning 2-choragida bu bozorda Samsung yetakchilik qilib, bozorning 73,6 foizini egallagan edi. Biroq joriy yilning aprelida Apple Watch ning sotuvga chiqarilishi bilan Koreya kompaniyasining ulushi falokatli tarzda kamayib ketdi, ya'ni kompaniyaning hozirdagi ulushi 7,5 foizni tashkil qilmoqda. Hisobotda, shuningdek, 2015 yilning 2-choragida “aqlli” soatlarning 17 foizi boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgani aytilmoqda.

Joriy yilning 2-choragida Apple 4 mln dona smart-soat ishlab chiqargan, qolgan 1,3 mln ta smart-soat boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

Top