12:12 / 24.07.2015
2595

AQShda 3 nafar estoniyalik xakerlar ozodlikdan mahrum qilindi

Estoniyaning 3 nafar fuqarosi kompyuterlarni buzib kirishda ayblanib, AQSh sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilindi.

35 yoshli Timur Gerasimenkoga 4 yil, 37 yoshli Dmitriy Yegorovga 3 yilu 8 oy hamda 31 yoshli Konstantin Poltevga 3 yilu 4 oy muddatli qamoq jazo tayinlandi.

Sud hukmiga ko‘ra, xakerlari 100 dan ortiq davlatda 4 millionga yaqin kompyuterlarni virus bilan zararlashda aybdor deb topilgan.

2014 yilning mayida Tallin sudi Estoniya hukumatiga Gerasimenko hamda Poltevni AQShga topshirishga ruhsat bergan edi. 

Top