23:23 / 24.07.2015
2533

Berluskoni Rossiya iqtisodiyot vaziri bo‘lishi haqidagi axboroti hazil ekanligini aytdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Rossiya iqtisodiyot vaziri lavozimini egallash haqidagi taklifni aytganda hazillashganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan hafatada Berluskoni Vladimir Putindan Rossiya iqtisodiyot vaziri lavozimini egallash haqida taklif olganini ma'lum qilgandi.

Avvalroq bu axborotga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov izoh berib, Putin shunchaki Berluskonining ko‘nglini ko‘tarib qo‘yganini aytgan.

Top