19:30 / 24.07.2015
5834

Besh kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlikka o‘z uyidan joy bergan tulalik ayol sud oldida javob beradigan bo‘ldi

Tula shahrining Privokzalniy tuman sudiga 64 yoshli tulalik ayol Nadejda Gluxovaga nisbatan ochilgan jinoiy ish ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Ayol noqonuniy migratsiya tashkil qilishda ayblanmoqda.

Gluxovaga nisbatan jinoiy ish prokuratura tomonidan amalga oshirilgan tergov materiallariga ko‘ra 2 iyun kuni qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida Tula shahrining Kosaya Gora posyolkasida yashagan Gluxova o‘z uyidagi yordamchi xo‘jalikda chorvachilik bilan shug‘ullangani ma'lum bo‘lgan. Ayol O‘zbekiston fuqarosi Sheraliyevga o‘z uyidan doimiy yashash joyi va uy xo‘jaligini yuritish bo‘yicha ish bilan ta'minlagan. Ayol o‘zbekistonlikka ish haqi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari va pul berib borgan.

Tula viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Rossiya hududida noqonuniy tarzda yashagan Sheraliyev ayolnikida yashab yurgan paytida 5 kishini o‘ldirgan va kichik yoshdagi bolaning sog‘lig‘iga og‘ir ziyon yetkazgan.

Top