12:14 / 24.07.2015
4050

Buxoro viloyatida qo‘y o‘g‘rilari ushlandi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIBga Sharq mahallasida yashovchi fuqaroning xovlisiga noma'lum shaxslar yashirin ravishda kirib, to‘rt bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilari bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 17 yoshli mahalliy aholi vakili sodir etganligi aniqlandi. 

G‘araz niyatli shaxslar qo‘lga olindi. Hozirda ularning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top