23:15 / 24.07.2015
2275

Burundi prezidenti uchinchi muddatga qayta saylandi

Burundining amaldagi prezidenti Per Nkurunziza 69,41 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Siyosatchining asosiy raqibi Agaton Rvasa 18,99 foiz ovoz yiqqan.

Saylovlar Nkurunzizaning uchinchi muddatga saylovlarda qatnashish qarori tufayli mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklar paytida o‘tkazildi. Muxolifat vakillari siyosatchining uchinchi muddatga nomzodining qo‘yilishini konstitutsiyaga zidligini aytishgan, biroq Burundi Konstitutsion sudi prezidentning saylovlarda ishtirok etish istagini qondirgan.

Avvalroq BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Burundi hukumatining saylovlarni inqiroz paytida o‘tkazilishi qaroridan xavotir bildirgan edi.

OAVlar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, saylovlar boshlanishidan bir necha soat oldin mamlakat poytaxtida otishma sodir bo‘lgan.

Top