18:46 / 24.07.2015
3738

Forbes: “Gazprom” Stokgolm arbitraj sudiga Turkmaniston ustidan da'vo arizasi berdi

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Stokgolm arbitraj sudiga Turkmanistonning gaz qazib oluvchi va gaz taqsimlovchi “Turkmangaz” kompaniyasi ustidan da'vo arizasi berdi. Bu haqda Forbes nashri “Gazprom”dagi manbalarga iqtibos keltirgan holda yozmoqda.

Aniqlanishicha, da'vo arizasi 8 iyun kuni topshirilgan. Rossiya kompaniyasi shartnoma bo‘yicha narxlarning qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda.

Avvalroq 8 iyulda Turkmaniston Rossiya kompaniyasi 2015 yilning boshidan beri gaz uchun haq to‘lamayotganini ta'kidlab, “Gazprom”ni to‘lovlarni to‘lay olmaslikda ayblagan edi.

Top