00:56 / 24.07.2015
2861

Ijtimoiy tarmoqlarda kuniga ikki soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazuvchi o‘smirlar o‘z joniga qasd qilishga moyil ekanliklari aniqlandi

Olimlar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga ikki soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazuvchi o‘smirlar ko‘proq tushkunlikka tushish, o‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlarga berilish, xavotirga tushish bilan bog‘liq boshqa ruhiy muammolarga ko‘proq moyil bo‘lishlarini aniqladilar.

Tadqiqotda Kanada maktablarining yuqori sinflarida o‘qiydigan 753 nafar o‘smirlar va qizlar ishtirok etdi. Olimlar ulardan Facebook, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda kuniga qancha vaqt davomida o‘tirishlarini so‘rashdi va ularga psixologik testlardan o‘tishni taklif qilishdi.

Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlar uchun kuniga 2 soatdan ko‘proq vaqt sarflovchi yoshlar boshqalarga nisbatan tushkunlik holatiga tushish va o‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlarga berilishga ko‘proq moyilliklari hamda ular o‘z yaqinlari va do‘stlarining ruhiy qo‘llab-quvvatlashlarini sezmasliklari ma'lum bo‘lgan. Tadqiqotchilar ota-onalarni farzandlarining ijtimoiy tarmoqlarda kuniga qancha vaqt davomida o‘tirishlariga sinchkovlik bilan e'tibor berishga chaqirmoqdalar.

Top