21:18 / 24.07.2015
8114

AQShning Intel Corporation kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasiga sudda mag‘lub bo‘ldi

Kompyuterlar va turli gadjyetlar uchun mikroprotsessorlar ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi hisoblanuvchi AQShning Intel Corporation kompaniyasi O‘zbekistonning intellektual mulkni himoya qilish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi, yosh va faol rivojolanayotgan Intell Sphere Group kompaniyasiga qarshi sudlashdi.

Bunga sabab Intell Sphere Group kompaniyasining nomida “Intell” so‘zining qo‘llangani sabab bo‘ldi. Kompaniya intellektual mulkni himoya qilish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgani uchun o‘z nomida ishlatgan “Intell” so‘zi “intellektual” so‘zidan olingan hosila so‘zdir.

Intel kompaniyasi Intell Sphere Group ning nomlanishida “Intell” so‘zining ishlatishiliga e'tiroz bildirgan. Intell Sphere Group rahbariga 2010 yilning noyabrida Intel Corp. ning O‘zbekistondagi patent masalalari bo‘yicha ishonchli vakilidan maktub yuborilgan.

Intel ning patent masalalari bo‘yicha ishonchli vakili o‘zining maktubida Intell Sphere Group kompaniyasi o‘zining nomida “Intel” so‘zini ishlatishi bilan Intel Corp. nomi va obro‘sini suiiste'mol qilayotganini aytgan. Vakilning fikricha, “Intel” so‘zi faqatgina AQSh kompaniyasi bilan bog‘langan holda ishlatilishi mumin. Shu tariqa Intel lSphere Group kompaniyasi iste'molchini ataylab chalg‘itish, vijdonsiz raqobat va Intel Corporation ning hisobiga noqonuniy boyish bo‘yicha ayblangan.

IntellSphere Group kompaniyasiga o‘zining tovar belgisi, reklama mahsuloti, firma blankalari va boshqa hujjatlarda “Intel” so‘zini ishlatishni to‘xtatish va o‘z roziligini yozma ravishda tasdiqlashi taklif qilindi, aks holda ish sudga oshirilishin aytilgan.

Intell Sphere Group rahbariyati qo‘yilgan ayblovlarni biroratisini ham tan olmadi va kelishuvning shartlariga rozilik berish niyatida emasligini aytgan. Shundan keyin Intel tomonidan da'vo arizasi topshirilgan va AQSh korporatsiyasi va O‘zbekiston kompaniyasi orasida sud boshlangan. Sud jarayoni bir yildan ko‘proq davom etdi. Toshkent shahri xo‘jalik sudi da'vogarning shikoyatlarini qondirmadi va Intell Sphere Group tomonidan sudlashish davomida ko‘rilgan moddiy xarajatlarni qoplash majburiyatini qo‘ydi. Sud qaroriga Intel Corporation tomonidan e'tiroz bildirilmadi.

Bugungi kunda Intel Corp. sud bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qopladi. Biroq Intell Sphere Group moddiy ziyon yetkazganlik uchun tavon puli talab qilish uchun da'vo arizasini sud jarayoni davomida xodimlari ma'nan charchaganlari sababli bermaslikka qaror qildi va shunchaki o‘z faoliyatida tinch ishlashni istamoqda.

Top