07:52 / 24.07.2015
2084

"Krasnodar" Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichida "Slovan"ga qarshi o‘ynaydi

23 iyul kuni Yevropa Ligasi turniri saralashi doirasidagi uchinchi bosqich juftliklari nomi ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov asosiy tarkib futbolchisi sanaladigan "Krasnodar" jamoasi bu bosqichda Sloveniyaning "Slovan" jamoasiga qarshi 2ta o‘yin o‘tkazadi. Bratislava jamoasi ikkinchi bosqichda irlandlarning "Yuniversiti Kolledj Dublin" jamoasini ikki uchrashuvda 1:0 va 5:1 hisoblarida mag‘lub etgan holda keyingi bosqichga o‘tgan.

"Krasnodar" bu jamoaga qarshi birinchi o‘yinni 30 iyul kuni o‘z uyida o‘tkazadi. Safar uchrashuvi esa 6 avgust kuniga belgilangan. Keyingi bosqich uchun qur'a tashlash marosimi 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Top