17:52 / 24.07.2015
4941

O‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan assistent farmatsevtlarga ham dorixonani boshqarishga ruxsat beriladi

23 iyul kuni Toshkent shahar "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Amaldagi qonunda dorixonani boshqarish faqatgina oliy ma'lumotli farmattsevtgagina ruxsat etiladi degan me'yor belgilangan edi. Lekin bugungi kunga kelib, amaliyotni hisobga olgan holda oliy ma'lumotli farmatsevt provizorlar bilan birgalikda o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan assistent farmatsevtlarga ham ruxsat etilishi belgilab qo‘yildi.

Amaldagi qonunda dorixonaga tibbiy muassasa deb ta'rif berilgan. Bugungi kunda amaliyotdan kelib chiqib dorixona nafaqat tibbiy muassasa balki tashkilot tushunchasiga o‘zgartirildi.

Qonun loyihasidan yangi "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash, tashish va yo‘q qilish", "Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni olib kirish va olib chiqish tartibi" kabi qator yangi moddalar ham joy olayotgani qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi

Top