18:04 / 24.07.2015
5866

Pentagon: AQSh 12 yil ichida yanglish tarzda 7 ta davlatga kuydirgi sporalarini yuborgan

AQSh harbiy laboratoriyalari oxirgi 12 yil ichida yanglish tarzda umumiy hisobda kamida 7 ta davlatga kuydirgi sporalarini yuborgan.

Bu haqda 23 iyulda AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Robert Uork yaqinda Pentagon tomonidan tirik bo‘lgan kuydirgi sporalarining joylarga yuborilishi holatini tekshirish ishlari yakuniga bag‘ishlangan jurnalistlar uchun uyushtirilgan maxsus matbuot anjumanidagi nutqi davomida aytib o‘tdi. Uorkning aytishicha, yuz bergan ushbu holat AQSh harbiy-tibbiyot laboratoriyalarining o‘ta xavfli kasallik chaqiruvchilari bilan muomala qilishdagi “katta miqyosdagi inqirozi” bo‘ldi. Uorkning ta'kidlashicha, ushbu holat AQShda kuydirgi sporalari bilan ishlash, ularni rentgen nurlari bilan jonsizlantirish va bunday namunalarni sinovdan o‘tkazishda yagona umummilliy xavfsizlik texnikasi standarti yo‘qligi sababli yuz bergan.

Uork gap raqamlar bilan tasdiqlanayotgan katta muammo haqida ketayotganini qayd qilib o‘tdi. “Ayni bosqichda shu ma'lumki, oxirgi 12 yil ichida 20 ta shtatdagi va Kolumbiya okrugidagi 86 ta laboratoriya hamda yettita xorijiy davlat faolsizlashtirilgan deb o‘ylangan, biroq tirik bo‘lgan sporalarni olgan”, deb aytdi Uork. Ushbu barcha namunalar Yuta shtatidagi Daguey poligonidagi laboratoriyadan jo‘natilgan. Uork “keltirilgan raqamlar ko‘payishi mumkinligini” qo‘shimcha qilmoqda.

Top