02:13 / 24.07.2015
11504

Suriya dunyodagi eng notinch davlat deb topildi

Avstraliyaning iqtisodiyot va dunyo instituti tomonidan tuzilgan tinchlik darajasi bo‘yicha tuzilgan Global Peace Index reytingida Suriya oxirgi – 162-o‘rinni egalladi.
Bunga mamlakatdgi fuqarolik urushi va mamlakatning katta hududini egallab olgan “IShID” terrorchilik guruhining harakatlari sabab bo‘lgan.

Reytingga ko‘ra, Suriyadan tashqari Shimoliy Koreya, Pokiston, Kongo demokratik respublikasi, Sudan, Somali, JAR, Janubiy Sudan, Afg‘oniston va Iroq ham dunyodagi eng notinch davlatlar deb topildi.
Ekspertlarning fikricha, dunyodagi eng tinchliksevar davlat deb Islandiya topildi. The Independent nashrining ta'kidlashicha, bu davlat NATOga kiruvchi, o‘zining doimiy armiyasiga ega bo‘lmagan yagona davlatdir. Shuningdek, tinchlik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar o‘ntaligidan Daniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Chexiya ham o‘rin olgan.
Reytingni tuzishda 23 ta ko‘rsatkich hisobga olindi. Ular orasida qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish, kuchishlatar tuzilmalarning miqdori, jinoyatchilik va terrorchilik xavfi darajasi kabi ko‘rsatkichlar bor.

Top