17:50 / 24.07.2015
4118

Tarmoqda ishlayotgan Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy S6 edge+ smartfonlarining surati paydo bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning MobileFun nashri taqdim etishga tayyorlanayotgan Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy S6 edge+ smartfonlarining ishlayotgan vaqtdagi suratini namoyish qildi.

Taxminlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S6 edge+ oddiy versiyadan displey hamda akkumulyator hajmining katta ekani bilan farq qiladi. Samsung Galaxy Note 5 4 GB tezkor xotiraga, Exynos 7422/7420 protsessori, 16 Mpli kamera hamda 4100 mA/soatga teng akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Top