17:21 / 25.07.2015
2289

1 sentabrdan terma jamoalar JCh-2018’ga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashg‘ulot bazasini tanlashlari mumkin

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatining bo‘lajak ishtirokchilari joriy yilning 1 sentabridan boshlab mashg‘ulot bazasini tanlash jarayoni boshlanadi.

Hozirda FIFA terma jamoalar tanlashi mumkin bo‘lgan 60ta mashg‘ulot bazasidan iborat ro‘yxatni joriy etdi.  Birozdan keyin bu ro‘yxatga yana 4ta baza qo‘shiladi. Mashg‘ulot bazalari musobaqa mezbonining 11ta shahrida va qolganlari mezbon mamlakatdan tashqarida bo‘lgan 20ta shaharda joylashgan.

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Volgograd, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Sochi hamda Rostov-na-Donuda bo‘lib o‘tadi. 

Top