10:43 / 25.07.2015
7921

Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston shimolida tolibonlarga qarshi kurashda rahbarlik qilmoqda

Afg‘oniston prezidentining o‘rinbosari, mamlakatdagi o‘zbek jamoati yetakchisi bo‘lmish general Abdulrashid Do‘stum mamlakat shimolidagi ayrim tumanlarga o‘rnashib olgan Tolibon kuchlariga qarshi kurash koalitsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Ushbu general o‘tgan asrning 90-yillarida Tolibonga qarshi kurash xalq harakatiga boshchilik qilgandi. Ayni vaqtda Faryobdagi rasmiy va harbiylar uning kelishini kutishmoqda.

"Men 39 yildan buyon harbiy kiyimdaman. Shu vaqtgacha biron marta jang qilishdan qaytmaganman, janglarning katta yoki kichigining ahamiyati yo‘q, xalq jangarilardan zulm ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaymiz", deb bayonot bergan general Do‘stum Juzjon viloyatida afg‘on harbiy boshliqlari bilan uchrashuvi vaqtida.

Ma'lumot uchun, u biroz oldinroq o‘zining siyosiy raqibi, Balx hokimi Ato Muhammad Nur bilan kuchlarini jangarilarga qarshi kurashish uchun birlashtirdi. Bu koalitsiyaga hazoralar yetakchisi Hoji Muhammad Muhaqqiq ham qo‘shildi.

Top