21:35 / 25.07.2015
4279

Internetda IPhone 6S’ning zavoddan olingan surati paydo bo‘ldi

Fransiyaning Nowhereelse.fr blogi Apple’ning yangi smartfoni – iPhone 6S suratini chop etdi.

Taxminlarga ko‘ra suratlar iPhone ishlab chiqaruvchi zavodlardan birida olingan. Suratda qurilmaning old korpusi ko‘ringan. Business Insider’ning ma'lum qilishicha, iPhone 6S tashqi ko‘rinishiga ko‘ra iPhone Plus modelidan deyarli farq qilmaydi. Yangi smartfonda asosan texnik ko‘rsatkichlar yaxshilangan.  

Taxmin qilinishicha, iPhone 6S nisbatan kuchliroq kamera hamda bir nechta yangi qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘ladi. 

Top