16:45 / 25.07.2015
2486

Obama Afrika dunyoning eng tez rivojlanayotgan hududlaridan biri ekanligini ta'kidladi

AQSh prezidenti Barak Obama Keniyadagi tashrifi davomida tadbirkorlik bo‘yicha global sammitdagi ishtiroki paytida Afrikani tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan hudud sifatida qayd etdi. Bu haqda ABC.News xabar bergan.

"Afrika dunyoning tezkorlik bilan rivojlanayotgan hududlaridan biri sanaladi. Odamlar qashshoqlikdan chiqishmoqda", deydi u.

Obama o‘z tashrifi davomida birinchi navbatda xavfsizlik masalalari, shuningdek AQShning Afrikadagi savdo va investitsiyalari hajmini oshirish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirgan. AQSh Kongressining 20 nafar a'zosi va 200 nafardan ortiq amerikalik ishbilarmon sarmoyadorlar uning bu safarini ma'qullashgan.

Keniya prezidenti Uxuru Keniata Obamani Nayrobidagi aeroportda kutib oldi va u bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha gaplashdi. Ularning suhbatida 2013 yilda Nayrobida amalga oshirilgan terakt eslangan va bu terakt tufayli xorijiy sarmoyadorlarning qiziqishi pasayib, mamlakat iqtisodiyotiga keltirilgan zarari haqida gaplashilgan. Keniya prezidenti Obamaning o‘z yurtiga tashrifi Keniyaning ahvoli yaxshilanishida muhim o‘rin tutishiga umid bildirgan.

Qayd etish joizki, Obamaning Keniyaga tashrifi mamlakat fuqarolari uchun uzoq kutilgan hodisa bo‘ldi. Obamaning otasi ushbu yurtda tug‘ilgan va uning ko‘plab qarindoshlari hali ham shu yerda istiqomat qilishmoqda.

Top