07:24 / 25.07.2015
2818

O‘zbekistondagi aerokoinot maktabida rossiyalik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tkazishadi

Rossiyaning “Yu.Gagarin nomidagi fazogirlarni tayyorlash ilmiy-tadqiqot sinov markazi”ning yetakchi mutaxassislari Toshkent yaqinida joylashgan Xalqaro aerokoinot maktabi – XAKM-2015 da mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.

Maktab O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Shavkat Vohidov nomidagi Xalqaro aerokoinot maktabi, “Koinot” AJ, Toshkent politexnika universitetining aerokoinot fakelteti va Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda XAKM o‘tgan yillarda unda ishtirok etgan MDH, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Pokiston, Fransiya va AQSh vakillarini birlashtirmoqda.

“Kichik yulduzlar akademiyasi” 26-marotaba chaqirilmoqda. Butun yil davomida koinot ilmiga qiziqqan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh iste'dodlar turli test sinovlari orqali XAKMga kelish uchun tanlab olindi. Bu yerda bolalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tadilar.

Toshkent viloyati Parkent tumanining tabiiy zonasida Rossiya va O‘zbekistondan 30 dan ko‘proq kursantlar 10 kun davomida mashg‘ulotlarning keng dasturini o‘zlashtiradilar. Bu dasturga ilmiy-texnik, madaniy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari kiritilgan. XAKMdagi mashg‘ulotlar Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi kashf etilishining 100 yilligiga hamda maktabni yaratish tashabbuschisi, O‘zbekiston akademigi Shavkat Vohidovning xotirasiga bag‘ishlanadi.

Top