12:17 / 25.07.2015
2134

Platini ESPN versiyasi bo‘yicha futboldagi nufuzli shaxslar reytingini boshqarmoqda

Amerikaning ESPN telekanali futbol olamida 50 nafar nufuzli shaxslarning reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatni UYeFA prezidenti Mishel Platini boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinni taniqli portugaliyalik futbol agenti Jorjye Mendesh egallagan. Kuchli uchlikni Angliya premer-ligasi ijrochi direktori Richard Skademor yakunlab bergan.

«Bavariya» boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge 4-o‘ringa joylashtirilgan bo‘lsa, to‘rt karra «Oltin to‘p» sohibi Lionel Messiga beshinchi o‘rin munosib ko‘rilgan.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka «Real» prezidenti Florentino Peres, «PSJ» prezidenti Nossir al-Xelayfiy, FIFA prezidenti Yozef Blatter, «Real» hujumchisi, 3 karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu, UYeFA bosh kotibi Janni Infantino kirishgan.

Shuningdek, «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich 13, OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 15-o‘rinda qayd etilishgan.

Top