18:33 / 25.07.2015
5112

Podolskda 11 yoshli maktab o‘quvchisi onasining xushtorini pichoqlab o‘ldirdi

Moskva shahri yaqinida 5 sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘smir o‘z onasi bilan yashaydigan shaxsni pichoq orqali o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga asoslangan holda "Interfaks" nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, marhum bo‘lmish 28 yoshli orenburglik yigit Podolskda 37 yoshli ayol bilan yashab kelgan.
Uning qotiliga aylangan maktab o‘quvchisi marhum tomonidan doimiy ravishda o‘ziga nisbatan tazyiq amalga oshirilgani haqida aytib bergan.

Aniqlik kiritilishicha, navbatdagi nizodan so‘ng u onasining xushtoriga o‘tkir pichoq bilan zarba bergan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lganlarga nisbatan jinoiy ish ochilmaydi va 11 yoshli ushbu qotil jinoiy javobgarlikdan qutulib qoladi.

Top