15:10 / 25.07.2015
8602

Qiz bo‘ynidan arqon o‘tkazib aylanishga olib chiqqan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Internetda paydo bo‘lgan qizaloq bo‘yniga arqon boylab aylantirayotgan ayol ishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati tergov qo‘mitasi saytida ma'lum qilindi.

“Hodisaning to‘liq o‘rganish maqsadida ushbu voqea yuzasidan Sverdlovsk viloyati tergov qo‘mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 156-moddasiga muvofiq (voyaga yetmaganlarni tarbiyalash burchini yetarli darajada bajarmaganlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Yekaterinburgda suratga olingan ushbu videoda ayol yosh qizni bo‘ynidan arqon boylagan holatda aylantirgani aks etgan. Qizaloqning qo‘liga harakat vaqtida jarohat olmasligi uchun qo‘lqop ham taqilgan. 

Top