14:06 / 25.07.2015
2488

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi terrorizmga qarshi kurashda Yevropol bilan hamkorlik qilmoqchi

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi boshlig‘i Chjan Sinfen Toshkentda Yevropa Jinoiy politsiyasi tashkiloti (Yevropol) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. RIA Novosti nashrining xabar berishicha, uchrashuvda tomonlar terroristik guruhlarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik qilish masalasini muhokama qilishgan.

"MATT rahbari o‘zining yevropalik hamkasbi Vil van Xemert bilan suhbat chog‘ida internet orqali terrorchilikni targ‘ib etish muammosiga qarshi kurashish masalasini muhokama qilishdi", deyiladi xabarda.

Chjan Sinfen tashkilot tarkibidagi mamlakatlarga terroristik tashkilotlardan keladigan xavfga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta'kidlab o‘tgan.

Tuzilma ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida terrorizmga qarshi kurash maqsadida maxsus tahlilchilar guruhini tashkil etgan.

Ma'lumot uchun, shu yilning 1 iyul kunida Yevropol tarkibida "IShID" va "Al-Qoida" tashkilotlarining internet orqali targ‘ibot olib borishiga qarshi kurashuvchi maxsus bo‘lib tashkil etilgan. Bu bo‘lim jangarilarning noqonuniy saytlar orqali odamlarni o‘z safiga yollash borasidagi harakatlarini aniqlash bilan band bo‘ladi.

Top