14:31 / 25.07.2015
3446

Turkiya tomonidan berilgan aviazarbalar natijasida Iroqdagi kurd jangarilarining harbiy obektlari yo‘q qilindi

25 iyulga o‘tar kechasi Turkiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlar tomonidan Suriya va Shimoliy Iroqdagi jangarilarning nuqtalariga aviazarbalar berildi. Bu haqda Turkiya bosh vazirining matbuot xizmati ma'lum qilgan.

"O‘tgan kechada Turkiya Harbiy-Havo kuchlariga tegishli samolyotlar IShID va Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazdi. Iroq shimolidagi Zap, Metin, Gara, Avashin-Basyan, Xakurk va Qandil hududlariga berilgan zarbalar natijasida jangarilar o‘ldirildi hamda partiyaga tegishli harbiy obektlar yo‘q qilindi", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, Turkiya harbiylari quruqlikdan turib ham zambarak va tanklar orqali IShID va Kurdiston ishchilar partiyasi bazalariga zarba yog‘dirgan.

Shunindek, mamlakat ichkarisida ham bu tashkilotlarga qarshi aksilterror tadbirlar o‘tkazilmoqda. 24 iyul kuni boshlangan amaliyot davomida shu vaqtgacha 22 viloyat hududida IShID va Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqadorligi gumon qilingan 320 kishi hibsga olingan.

Top