16:59 / 26.07.2015
5588

Angela Merkel opera teatri yemakxonasida stuldan yiqilib tushdi

Germaniya kansleri 26 iyul kuni Angela Merkel Baden-Badendagi Festshpilxaus opera teatriga tashrif buyurdi.

Bild nashrida ma'lum qilinishicha, antrakt vaqtida u teatr restoraniga o‘tgan. Shu joyda u stulidan yiqilib tushgan.

Xabarda aytilishicha, Merkel xonim o‘tirgan stul sinib ketgan va kansler polga o‘tirib qolgan.

Top