00:18 / 26.07.2015
10164

AQSh 11 sentabrdagi teraktdan keyin Oq uydagi yig‘ilishdan olingan fotosuratlarni chop etdi

AQSh Milliy arxivi 11 senyatbr kuni Oq uyda olingan 350 dan ortiq fotosuratni omma ixtiyoriga havola etdi. Avval chop etilmagan ushbu suratlar orasida o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Kichik Jorj Bushning AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni, Davlat kotibi Kondoliza Rays va Oq uy ma'muriyatining qolgan a'zolari bilan o‘tkazgan yig‘ilishi suratlari ham bor.

Ushbu fotosuratlar PBS notijorat telekanalining hujjatli ko‘rsatuvi prodyuseri Kolett Neyruz Xannaning so‘rovi bilan chop etildi.

3 ming kishi 2001 yil 11 sentabrda “Al-Qoida” jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan samolyotlar yordamida Nyu-York, Vashington va Pensilvaniya shtatida amalga oshirilgan teraktlarning qurbonlari bo‘lgan. Terrorchilar Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazining osmono‘par binolari va Pentagon binosiga uchta samolyotni olib borib urganlar.

Top