14:11 / 26.07.2015
2398

Bahrayn Erondagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi

Bahrayn hukumati Erondagi elchisi maslahatlashuv uchun Manamaga qaytarilganini ma'lum qildi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, bunga Erondagi bir qator amaldorlarning g‘arazli bayonotlari sabab bo‘lgan.

Bahraynliklar Eron rasmiylarini o‘zlariga nisbatan dushmanona munosabaytda bo‘lishayotganini qayd etishgan.

O‘z navbatida Bahrayn tomoni Eron bilan munosabatlarining yaxshilanishiga umid bildirgan.

Top