00:36 / 26.07.2015
5111

Chegarachilar Qirg‘izistondan 2 tonna quruq meva olib kirilishini to‘xtatib qoldilar

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati bergan ma'lumotga qaraganda, Qirg‘izistonning bir guruh fuqarolari mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan quruq meva olib kirish maqsadida davlat chegarasini buzgan.
24 iyul kuni soat 10:40da So‘x tumani Sharqobod aholijoyi yaqinida chegara uchastkasida O‘zbekiston chegara naryadi tomonidan Hyundai Porter avtomashinasi to‘xtatilgan. Mashina O‘zbekistondan Qirg‘iziston hududiga 2 tonna quruq meva olib chiqishga harakat qilgan.
Mashina egasi – Batken viloyati Bo‘zadir qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, 1994 yili tug‘ilgan Davlatbek G‘ulomjonov bu mahsulotni olib o‘tishga huquq beruvchi hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Mahsulotning manbasini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top