10:24 / 26.07.2015
2889

Emirates Cup turnirining birinchi kunida "Arsenal" "Lion"ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi

Emirates Cup musobaqasining ilk kunida muxlislar chiroyli futbol guvohiga aylanishdi.

Musobaqa mezboni va tashkilotchisi Londonning “Arsenal” klubi “Lion” bilan uchrashuvda o‘ta yirik g‘alabaga erishdi. Arsen Venger shogirdlari Fransiya klubi darvozasiga javobsiz oltita to‘p yo‘llashdi.

Yana bir uchrashuvda “Volfsburg” va “Vilyarreal” g‘oliblik uchun o‘ynashdi va bu o‘yinda garchi “bo‘rilar” tezda hisobni tenglashtirishgan bo‘lishsa ham “Sariq suv osti kemasi” futbolchilari yakunda 2:1 hisobi bilan raqibdan ustun chiqishdi.

Emirates Cup
London, Angliya
ARSeNAL (ANGLIYa) – LION (FRANTsIYa) – 6:0 (4:0)
Gollar: 1:0 – Jiru (29), 2:0 – Oksleyd-Chemberlen (33), 3:0 – Ivobi (35), 4:0 – Ivobi (40), 5:0 – O‘zil (61), 6:0 – Kasorla (84).
Arsenal: Martines, Debyushi, Mertesaker, Koselni, Gibbs, Koklen, Remzi (Arteta, 64), Oksleyd-Chemberleyn, O‘zil (Kasorla, 64), Ivobi (Akpom, 64), Jiru.
Lion: Lopes, Zeffan, Roz, Umtiti, Yyenssen, Gonalon, Ferri, Tolisso, Grene, N’Dji, Lakasett.

VOLFSBURG (GeRMANIYa) – VILYaRReAL (ISPANIYa) – 1:2 (1:2)
Gollar: 0:1 – Mario (8), 1:1 – Perishich (10), 1:2 – Leyva (17).

Top